O‘zbekistonlik Aralash janglar san’ati (MMA) jangchisi Mahmud Muradov 5-noyabr kuni Chexiyaning Liberets shahrida bo‘lib o‘tadigan Night of Warriors X jang kechasida ishtirok etadi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Buxorolik 26 yoshli sportchi musobaqa doirasida 23 yoshli polshalik Damian Chandzelga qarshi kurashadi.
Taqqoslash uchun, Mahmud Muradov to‘rt yillik faoliyati davomida 18 ta jang o‘tkazib, 13 tasida g‘alaba qozongan. Uning bo‘lajak raqibi o‘tkazilgan 10 bellashuvdan 8 tasida zafar quchgan.
Ma’lumot uchun, Mahmud Muradov Jahon kikboks tarmoqlari (WKN) tashkiloti versiyasi bo‘yicha xalqaro chempioni hamda Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni sanaladi.
Izoh (0)