Triatlon bo‘yicha 2005-yili Latviya chempioni bo‘lgan Dmitriy Kalinin Daugavpils shahrida o‘lik holda topildi. 29 yoshli sportchining yonib ketgan jasadi shahardagi Mangu mash’ala xiyobonida topildi, deb xabar bermoqda “Vesti.ru”.
Mahalliy politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, Kalininni kimdir o‘ldirganiga hozircha hech qanday asos yo‘q.
Sportchiga yaqin bo‘lgan insonlar so‘nggi paytlarda marhumning ruhiy muammolarga duch kelganini kuzatgan. 2016-yilning yozida Kalinin shahar markaziyda kiyimsiz holda xiyobon ichida yurugib, atrofdagilarni qo‘rqitgan.
O‘limidan avval Dmitriy Kalinin IShID belgilari bo‘lgan suratlarni Internetga joylagan hamda dunyoda o‘rnatilgan tinchlikni keskin qoralagan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)