Turkiya armiyasi 1-noyabr kuni Shirnoq viloyatining Iroq chegarasidagi Silopi aholi yashash joyi yaqinida tanklar hamda boshqa qo‘shimcha harbiy texnikani joylashtira boshladi. Bu haqda, CNN Turk telekanaliga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Ilgariroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li Iroq shimolidagi terrorchi guruhlarga qarshi yer usti operatsiyasi o‘tkazilishi mumkinligini aytgan edi. O‘z navbatida, bosh vazir o‘rinbosari No‘mon Qurtulmush Turkiya Mosulda sunniylarning o‘ldirilishini to‘xtatish uchun har qanday chora ko‘rishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)