Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) Angliya va Shotlandiya terma jamoalariga urush qurbonlari xotirasi belgisi – lola-qizg‘aldoq timsoli tushirilgan futbolkalarda o‘ynashni taqiqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Angliya va Shotlandiya terma jamoalari 11-noyabr kuni (Toshkent vaqti bilan 12-noyabr, soat 00:45 da) JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv Londondagi “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Buyuk Britaniyada 11-noyabr urushda halok bo‘lgan Britaniya hamdo‘stlik davlatlarining harbiylariga bag‘ishlangan kun hisoblanadi.
FIFA o‘z qarorini lola-qizg‘aldoqning siyosiy timsol bo‘lgani bilan izohladi. FIFA qoidalariga ko‘ra, futbolchilarning libosida hech qanday siyosiy yoki diniy ma’noga ega bo‘lgan belgilar bo‘lmasligi kerak.
Xabarda qayd etilishicha, Angliya futbol uyushmasi yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun FIFA bilan muzokaralar o‘tkazmoqda. Uyushma vakillari taqiqni buzgan taqdirda qanday jazolanishi mumkinligini aniqlashtirmoqchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)