AQShning Texas shtatidagi shosseda halokatga uchragan mototsiklchi Kevin Dipenbrok vafot etishini taxmin qilib, o‘zini videoga tushirdi va do‘st-yaqinlari bilan vidolashdi. Rolik Knoxville News Sentinel YouTube kanaliga joylandi.
Besh kun ichida 700 ming marta tomosha qilingan videoda yerda yotgan Dipenbrok o‘zini telefon kamerasida suratga olib, yaqinlaridan uzr so‘raydi va ular bilan vidolashadi.
Mototsiklchini halokatdan bir kun o‘tgach tirik holda topishdi. Kasalxonada Dipenbrokning 12 ta qovurg‘asi 17 ta joyidan singani, umurtqa pog‘onasi ko‘p joyidan singani va o‘pkalari shikastlangani aniqlandi. Yana bir mototsiklchi, uning do‘sti Fillip Polito halokatda omon qolmadi.
Izoh (0)