Xitoyning Yunchen shahrida (Shansi provinsiyasi) o‘t o‘chiruvchilar bilqillama qumlarga botib qolgan 17 yoshli o‘smirni qutqarib oldi. Voqea aks etgan video internetga joylashtirildi, deb xabar beradi UPI agentligi.
Aytilishicha, o‘smir o‘z joniga qasd qilish maqsadida daryoga sakragan, ammo cho‘kib ketmasdan, suv ostida hosil bo‘lgan botqoqlikka botib qolgan. Qutqaruvchilar yetib kelganida uning qo‘llari va oyoqlari qum ostiga kirib ketgan edi.
Bolani botqoqlikdan ikki qutqaruvchi tortib oldi.
Izoh (0)