Bahrayn poytaxti Manama shahrida 30-oktabr, yakshanba kuni 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya yoshlar termasi Saudiya Arabistoni U-19 termasiga qarshi bahs olib bordi.
O‘yinning asosiy va qo‘shimcha taymlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa yaponiyalik yoshlar 5:3 hisobida zafar quchib, o‘z yosh toifasida Osiyo chempioniga aylandi.
Osiyo Chempionati—U19Final30-oktabr, yakshanba
Yaponiya – Saudiya Arabistoni 0:0
Penaltilar seriyasi: 5:3Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Eron U-19 termasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, 2017-yili Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.
Jahon chempionati—2017 yo‘llanmasiga mezbon Janubiy Koreyadan tashqari Saudiya Arabistoni, Vyetnam, Yaponiya va Eron yoshlar terma jamoasi ega bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)