Dunyodagi 300 millionga yaqin bola (ya’ni deyarli har yettinchi bola) havoning ifloslanishi juda yuqori bo‘lgan hududlarda yashaydi. Bu haqda 31-oktabr, dushanba kuni BMT Bolalar jamg‘armasining (UNICEF) rasmiy sayti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Bugun dunyo bo‘yicha 300 million bola havoning zaharli ifloslanishi juda yuqori bo‘lgan hududlarda yashamoqda. Taxminan ikki milliard bola havoning ifloslanish darajasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan minimal standartlarga mos kelmaydigan hududlarda istiqomat qiladi”, — deydi tashkilotning ijrochi direktori Entoni Leyk. Uning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar o‘z uylarida ifloslangan havodan nafas olayotgan millionlab bolalarni o‘z ichiga olmaydi.
“Havoning ifloslanishi har yili besh yoshdan kichik 600 ming bolaning o‘limiga olib keluvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. U, shuningdek, har kuni millionlab bolalarning hayoti va kelajagiga tahdid solmoqda”, — deb ta’kidladi UNICEF rahbari.
Izoh (0)