Madridning “Real” jamoasi uelslik yarim himoyachi Garet Beyl bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Bu haqda “Sportbox.ru” xabar bermoqda.
Yangi shartnoma 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. 31-oktabr kuni maxsus matbuot anjumani o‘tkazilib, unda Beyl va “Real” rahbarlari jurnalistlarning savollariga javob beradi.
27 yoshli futbolchining oldingi shartnomasi 2019-yilning iyunida yakunlanishi kerak edi.
Izoh (0)