KXDR Janubiy Koreyadan psixologik urushni faollashtirish maqsadida qurolsizlantirilgan hududga yirik monitor o‘rnatish rejasidan qaytishni talab qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Xabarda ta’kidlanishicha, Pxenyanning jiddiy ogohlantirishiga qaramasdan, Janubiy Koreya tomoni uni o‘rnatishga qaror qilsa, Koreya xalq armiyasi kuchlari ushbu monitorni mo‘ljallab o‘t ochish orqali yo‘q qilishi ma’lum qilingan.
Axborot agentligi KXDRga qarshi targ‘ibot kampaniyasi doirasida qurolsizlantirilgan hududdagi harbiy demarkatsiya chizig‘i bo‘ylab turli texnika vositalarini joylashtirayotgan Janubiy Koreya mudofaa vazirligini keskin tanqid qilgan.
Izoh (0)