Saudiya Arabistonida yosh oila to‘yidan ikki soat o‘tib ijtimoiy tarmoqlardagi surat tufayli ajrashdi. Bu haqda 26-oktabr, chorshanba kuni The Independent nashri ma’lum qildi.
Yigit uning rafiqasi bir nechta suratni Snapchat’ga joylagandan so‘ng nikohni bekor qilishga qaror qildi. Kelin to‘y marosimining bir nechta suratini dugonasiga yuborishga qaror qilgan.
Biroq nikoh shartnomasida yigitning rafiqasi to‘ydan keyin Snapchat, Instagram yoki Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmasligi lozim deb ko‘rsatilgan edi.
Qizning oilasi kuyov unga nisbatan juda qattiqqo‘llik qilgan deb hisoblamoqda. Biroq yigitning qarindoshlari uning ajrashishga ariza berish huquqi borligini eslatdi. Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, erkaklar hech qanday sababsiz bir tomonlama tartibda nikohni bekor qilishi mumkin. Ayollar esa buning uchun turmush o‘rtog‘i yoki sudning ruxsatini olishi lozim.
Izoh (0)