Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik yengil atletikachi Yekaterina Volkovani 3000 metrga yugurish bo‘yicha Pekin–2008 Olimpiadasida qo‘lga kiritgan bronza medalidan uning doping namunasi ijobiy chiqqanidan so‘ng mahrum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, Pekin–2008 va London–2012 Olimpiadalarining doping probalari qayta tekshiruvidan so‘ng rossiyalik sportchining namunasida taqiqlangan turinabol moddasi aniqlandi.
Avvalroq O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqish qilgan erkin kurashchi Soslan Tigiyev ham namunasida taqiqlangan turinabol moddasi aniqlangach, Pekin–2008 kumush medalidan mahrum etilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)