Nonushtaga yaqinlaringizni foydali va mazali taomlar bilan xursand qilish istagida bo‘lsangiz, maqolada keltirilgan retseptlar sizga ko‘mak berishiga ishonamiz.
Yong‘oqli pechenye
Un qo‘shilmaydigan ushbu foydali desert yong‘oqlar tarkibidagi yog‘ kislotalari va oqsil tufayli tetiklik va quvvat bag‘ishlaydi.Kerakli masalliqlar
- 2 stakan yong‘oq (bodom yoki funduk qo‘shishingiz ham mumkin);
- 350 gramm shakar;
- 1/2 choy qoshiq tuz;
- 4 ta tuxumning oqi;
- ta’bga qarab vanilin.
Tayyorlanishi
Yong‘oq va shakarni blenderda mayda ushoq holiga kelguncha maydalang. Tuxum oqini tuz bilan ko‘pirtiring, keyin asta-sekinlik bilan yong‘oqli aralashma va vanilinni qo‘shing. Ko‘pirtirishda davom eting.Pishiriq uchun qog‘oz to‘shalgan duxovka listiga aralashmani qoshiq bilan joylashtirib chiqing. 160 darajagacha qizdirilgan duxovkada tillarangga kirguncha (taxminan 30 daqiqa) pishiring.
Mevali puding
Kerakli masalliqlar
- 100 gramm suli yormasi;
- 200 ml tabiiy yogurt;
- ta’bga qarab mevalar;
- ta’bga qarab vanilin, dolchin yoki kardamon.
Izoh (0)