Tennis bo‘yicha juftlik bahslarida AQSh va Avstraliya Ochiq chempionatlarining amaldagi g‘olibi, shotlandiyalik Jeymi Marrey Britaniya imperiyasi Ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
30 yoshli Jeymi Marreyni orden bilan taqdirlash marosimi Londondagi Bukingem saroyida bo‘lib o‘tdi. Tennischiga mukofotni Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II taqdim qildi.
Jeymi Marreyning ukasi Endi ushbu orden bilan 2013-yilda, yakkalik bahslarida “Uimbldon” turnirida g‘olib bo‘lganidan so‘ng taqdirlangan edi.
Jeymi Marrey juftlik bahslarida ATP tasnifidagi 16 ta turnirda zafar quchgan. U va uning ukasi Endi Marrey Devis Kubogining amaldagi sohibi sanaladi.
Izoh (0)