Amerikaning yigirma nafarga yaqin milliarderi joriy yilgi saylov kampaniyasini moliyalashtirishga jami 88 million dollardan ortiq pul sarfladi. Ushbu ma’lumotlar The Wall Street Journal gazetasi tomonidan keltirildi, deb yozadi “TASS”.
19 nafar milliarder tomonidan taqdim etilgan mablag‘larning katta qismi — 70 million dollarni Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy harakatlar qo‘mitalari qo‘lga kiritdi.
To‘rt nafar milliarder Respublikachilar partiyasining nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlovchi siyosiy harakatlar qo‘mitasini 18 million dollarga moliyalashtirdi.
Hillari Klinton kampaniyasining eng yirik siyosiy donori Grinvich shahrida Paloma Partners xej-fondining asoschisi Donald Sassmen bo‘ldi. Joriy yilning sentabriga qadar u Klintonni qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mitalarga 19 million dollar taqdim etdi. U oktabrda Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun yana 2 million dollar sarfladi.
Izoh (0)