Norvegiyaning Xalden shahridagi tajribaviy atom reaktorida radioaktiv yod (yod-131) sizishi ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Norvegiya radiatsion himoya agentligi tarqatgan xabarnomada aytilishicha, voqea atrof muhit hamda reaktor joylashgan bino tashqarisidagi insonlar uchun tahdid tug‘dirmaydi. Voqeaga sabab texnik buzilish ekanligi aytilmoqda.
“Ayni paytda sizish zararsizlantirildi va to‘xtatildi, — dedi Norvegiya energotexnologiyalar instituti direktori Nils Xusebi. — Bu yadroviy yoqilg‘ining sinov namunalari bilan ishlash chog‘ida ro‘y berdi, reaktorning o‘zi esa bundan oldinroq rejali ishlar o‘tkazish zarurati tufayli to‘xtatilgan edi. Voqea paytida zalda bo‘lgan shaxslar xavfli radiatsion dozalar olmadi. Atrof muhit va odamlar salomatligiga tahdid yo‘q”.
Izoh (0)