Urugvay sobiq prezidenti Xorxe Batlye olingan bosh shikastlanishi tufayli 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Siyosatchi davolangan Sanatorio Americano kasalxonasi saytida bu haqda ma’lum qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
“Afsuski, ko‘rilgan choralar bir necha kun avvalgi hodisa tufayli Batlye kasalxonaga olib kelingan klinik holatni o‘nglash uchun yetarli bo‘lmadi”, — deyiladi xabarda.
13-oktabr kuni sobiq prezident hushidan ketib yiqilgan va buning oqibatida boshidan jiddiy jarohat olgandi.
Ma’lumot uchun, Xorxe Batlye mamlakatni 2000—2005-yillarda boshqargan, aynan shu paytda Urugvay o‘z tarixidagi eng jiddiy moliyaviy tanglikka duch kelgandi.
Izoh (0)