Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 ning yonish sababini aniqlashning imkoni bo‘lmagani bois navbatdagi flagman ishlanmalarini ikki haftaga to‘xtatdi. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Aytilishicha, kompaniya mutaxassislari Note 7 akkumulyatoridagi o‘t ketish bilan bog‘liq nuqsonni aniqlay olmadi, shuningdek, bu holatni laboratoriya sharoitida qayta tiklashning ham uddasidan chiqmadi. Dastavval nuqson akkumulyatorda degan fikr mavjud edi, ammo boshqa ishlab chiqaruvchidan olingan batareyalar bilan jihozlangan uskunalarda ham yonish qaytalandi.
Ekspertlar endilikda buning asl sababi sifatida uskunaga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotni ko‘rmoqda. Ammo aniq javobning yo‘qligi bois kompaniya yangi Galaxy S8 smartfoni ustida olib borilayotgan ishlarni ikki haftaga to‘xtatib turdi. Bu choralar gadjetning chiqish sanasiga ta’sir o‘tkazish-o‘tkazmasligi hozircha noma’lum.
Izoh (0)