Belgiyaning Vervye shahridagi qandolatchilar uzunligi 676,6 metr bo‘lgan dunyodagi uzun shokoladli ekler shirinligini tayyorladi, deb xabar bermoqa “Interfaks”.
Antiqa shirinlik ustida 20 nafar qandolatchi uch soat davomida ish olib bordi. Rekord notarial tasdiqlangan bo‘lsa-da, tashkilotchilar kerakli arizalar topshirmagani uchun natija Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilmaydi.
Shirinlikni tayyorlash uchun 70 kilogramm sariyog‘, 2 mingta tuxum, 50 kilogramm un va 300 litr sut kerak bo‘ldi. Umumiy qiymati 1 500 yevro bo‘lgan mahsulotlar homiylar tomonidan taqdim etildi. 6 ming bo‘lakchadan iborat ulkan eklerning sotuvidan tushgan daromad xayriya maqsadlarida ishlatiladi.
Mazkur shirinlikni tayyorlash bo‘yicha rasmiy rekord shveysariyalik qandolatchiga tegishli. U 503 metrli eklerni tayyorlagan edi.
Izoh (0)