Portugaliya terma jamoasi va “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Renatu Sanchesh Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan Golden Boy mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Tuttosport nashriga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Mazkur mukofot Yevropa chempionatlarida to‘p surayotgan 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga beriladi. Sovrin g‘olibi Tuttosport gazetasi tomonidan o‘tkaziladigan Yevropaning yetakchi OAV jurnalistlari so‘rovnomasiga ko‘ra aniqlanadi.
19 yoshli portugaliyalik futbolchi Golden Boy—2016 sovrini uchun kurashda “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford va “Bavariya”ning boshqa a’zosi Kingsli Komanni ortda qoldirdi.
Mukofot taqdimoti Monte-Karloda bo‘lib o‘tdi.
Izoh (0)