Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Yevropa Ittifoqini mamlakat bilan vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha va’dalarini bajarishga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Adolat va rivojlanish partiyasi rahbariyatining Afyon shahridagi ikki kunlik uchrashuvidagi chiqishida Turkiya hukumati rahbari rasmiy Anqaraning yevrointegratsiya bo‘yicha nuqtai nazari o‘zgarishi mumkinligini aytib o‘tdi.
“Yevroittifoq tarkibiga qo‘shilish masalasida andishamiz yo‘q, jarayonni boshlagan joyimizda turibmiz. Chalkashlik Yevroittifoqdagilarning boshlarida bor, va Buyuk Britaniyaning chiqish haqidagi qaroridan so‘ng ular kelajakka bo‘lgan nazarini qayta ko‘rib chiqishi lozim”, — ta’kidladi Yildirim.
Izoh (0)