Suriya hukumati Turkiya qo‘shinlarining o‘z hududida bo‘lishini tajovuzkorlik harakati deb hisoblaydi va barcha kuchlar bilan ularga qarshi turishga tayyor. Bu haqda Suriya armiya qo‘mondonligining rasmiy saytiga joylashtirilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
“Suriyada turk armiyasining bo‘lishini qabul qilib bo‘lmaydi va bu Suriya suverenitetini qo‘pol buzish hisoblanadi. Biz ularni tajovuzkor sifatida qabul qilamiz va ularga qarshi bor kuchimiz bilan kurashamiz”, — deyiladi bayonot matnida.
Shu bilan birga, Suriya Qurolli kuchlari Turkiya Qurolli kuchlarining faollashuvi Suriya armiyasi va uning ittifoqchilarining Aleppodagi terrorchilik tashkilotlari bilan kurashishdagi muvaffaqiyatlari bilan bog‘liq deb hisoblaydi.
Izoh (0)