Moskva shahri markazidagi tor ko‘chalardan birida qoidaga zid ravishda qoldirilgan Volkswagen avtomobilini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik ko‘rilayotganda evakuatsiya xizmati xodimlari mashina saloni ichida ikki nafar yosh bola bo‘lganini aniqladi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, voqea 20-oktabr, payshanba kuni sodir bo‘lgan. Evakuatsiya xizmati xodimlari mashina saloni ichida ikki nafar yosh bola – 4 yoshli qiz va uning 1 yoshli ukasini aniqlagach, politsiya va tez tibbiy yordamni chaqirgan.
Bolalar avtomobil salonida aniqlanganidan so‘ng mashina haydovchisi – ularning onasi yarim soatdan so‘ng voqea joyiga yetib kelgan. Ko‘chada havo harorati +2...+3 daraja bo‘lgan vaqtda mashinada qoldirilgan bolalarga tibbiy yordam kerak bo‘lmadi.
Bolalarning onasi hodisaga aniqlik kiritilishi maqsadida politsiya mahkamasiga olib ketildi. Qoidaga zid ravishda avtomobilni qoldirgan ayol jarimaga tortildi.
Izoh (0)