Xavfli moddalar ortilgan poyezd Leypsig shahri (Germaniya) vokzalining dispetcherlik xizmati binosiga urildi. Bu haqda, Frankfurter Allgemeine Zeitung nashriga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Vokzal xodimi jiddiy jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi. Lokomotiv va binoga ham sezilarli zarar yetdi.
Ayni paytda voqea joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan.
Izoh (0)