Bornxolm orolidagi qazishma ishlari davomida arxeolog talaba sirli chizmalari bo‘lgan tosh topdi. Bu haqda The Local nashri ma’lum qildi, deb yozadi “Vesti.ru”.
Bronza asrining chizmalari bo‘yicha ixtisoslashgan ekspertning fikricha, bu chizmalar orolning unda joylashgan dalalar bilan xaritasini aks ettirishi mumkin. U topilmani eramizgacha 2900—2700 yillarga mansub deb topdi. Mutaxassis toshga shu hududda yetishtiriluvchi o‘simliklar ham chizilganligini qo‘shimcha qildi.
Agar bu taxmin tasdiqlansa, topilmaning ahamiyati yanada ortadi. Bu kabi xaritalar avval ham Italiya hududidan topilgan, biroq Skandinaviya hududidan ilk bor topilmoqda.
Izoh (0)