AQShning Tennesi shtatida “Uotts-Bar” atom elektr stansiyasining ikkinchi reaktori qurilishi tamomlandi. U XXI asrda AQShda foydalanishga topshirilgan birinchi atom reaktori bo‘ldi, deb xabar beradi ABC News.
Reaktor quvvati 1150 MVt ni tashkil etadi. Bu yaqin 40 yil ichida 650 ming uyni energiya bilan ta’minlash uchun yetarlidir. Qurilishga 5 milliard dollar sarflandi.
Bu paytga qadar “Uotts-Bar” AESda 70-yillarda foydalanishga topshirilgan bitta reaktor ishlab turgan edi. Ikkinchi reaktor qurilishi o‘sha paytda boshlangan bo‘lsa ham, 40 yilga kechikib ketdi. 2007-yilda qurilish ishlari deyarli tugatildi, ammo Yaponiyada “Fukusima-1” avariyasidan so‘ng xavfsizlik talablari kuchaytirildi, shu bois obyektning topshirilishi yana kechiktirildi.
Bugungi kunda AQShda umumiy hisobda 62 AESda 100 ta yadroviy reaktor ishlab turibdi.
Izoh (0)