Rossiya tergov qo‘mitasi 50 nafar sportchi, murabbiy va menejerni doping masalasida so‘roq qildi. Bu haqda “Ria Novosti” qo‘mita vakilasi Svetlana Petrenkoga asoslanib xabar berdi, deb yozdi “RBK”.
Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, sportchilarning tibbiy xulosalari ko‘zdan kechirib chiqilgan. Ayni vaqtda xalqaro antidoping qoidalariga javobgar shaxslarning barchasi hisobot topshirishga majbur. Ular orasida Rossiya sport ishlari vazirligi, Rossiya yengil atletika federatsiyasining rahbariyati va ishchi-xodimlari, “RUSADA” deb nomlanuvchi Rossiya antidoping agentligi vakillari bor, deb xabar bergan tergov qo‘mitasining rasmiy sayti.
So‘rov davomida xalqaro antidoping tashkiloti (WADA) va shunga yaqin bo‘lgan boshqa manbaalar bilan hamkorlik qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Doping bilan bog‘liq mojaro Richard Maklaren boshchiligidagi butunjahon antidoping agentligining so‘nggi chiqishidan keyin yanada avj oldi. Dokladda dopingga qarshi kurash olib boruvchi davlat tizimi Rossiyada ish boshlagani aytib o‘tilgan bo‘lib, uning faoliyati Sochi—2014 Olimpiadasidan avval o‘zgargan qoidalarga ko‘ra tartibga solingani qayd etilgan.
Izoh (0)