Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriya hududida IShID jangarilari tomonidan AQSh harbiy samolyotining urib tushirilgani haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “Vedomosti”.

Foto: “Zn.ua”

Foto: “Zn.ua”

“Koalitsiyaning barcha samolyotlari joyida”, — deb yozdi Kuk Twitter’dagi sahifasida.

Ilgariroq kurd matbuoti, xususan, Rudaw agentligi al-Xasaka shahri osmonida AQShning A-10 samolyoti urib tushirilganini yozgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?