AQSh KXDRning raketa uchirishga bo‘lgan navbatdagi harakatini keskin qoraladi va ittifoqchilarini himoya qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Eshton Karter Janubiy Koreya mudofaa vaziri Xan Min Gu bilan birga o‘tkazgan matbuot anjumanida bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.
“Biz tunda amalga oshirilgan harakatni keskin qoralaymiz”, — uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Karter mazkur urinishni BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasining qo‘pol tarzda buzilishi, shuningdek, mintaqadagi barqarorlikka tahdid ekanligini ta’kidladi.
19-oktabr kuni KXDR Kuson shahri yaqinida muvaffaqiyatsiz raketa uchirilishini amalga oshirdi.
Izoh (0)