Moskvadagi maktablarning birida jismoniy tarbiya darsi chog‘ida 15 yoshli qiz olamdan o‘tdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Voqea Novaya Moskva okrugining Shcherbinka shahridagi maktabda ro‘y berdi. Ayni paytda voqea joyida tergovchilar ishlamoqda. Ular o‘qituvchilar, guvohlar hamda maktabning mansabdor kishilarni so‘roqdan o‘tkazmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, qiz o‘zini yomon his qilgan va bir chetda o‘tirib olgan, so‘ng hushini yo‘qotgan. Tez yordam xodimlari yetib kelib, qizning olamdan o‘tganini tasdiqlagan.
Izoh (0)