McDonald’s kompaniyasi Missuri shtati janubi-sharqidagi restoran menejeri gung ish qidiruvchi bilan suhbat o‘tkazishdan bosh tortganligi uchun 56,5 ming dollar jarima to‘laydi. Bu haqda Associated Press agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Bandlik uchun teng imkoniyatlar masalalari bo‘yicha komissiyaning ma’lum qilishicha, yigit 2012-yilda Beltondagi (Missuri shtati) McDonald’s restoraniga ishga joylashish uchun onlayn ariza bergan. U bungacha ushbu tarmoqning boshqa shtatdagi restoranida farrosh va oshpaz tariqasidagi ish tajribasiga ega bo‘lgan.Komissiya tomonidan kiritilgan da’voda ma’lum qilinishicha, restoran menejeri ish qidiruvchiga surdotarjimon kerakligini bilgandan so‘ng suhbatni bekor qilgan. Qolaversa, yigitning singlisi tarjimonlik qila olishini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)