18-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Kot-d’Ivuar Tashqi ishlar vaziri Abdalla Albert Mabri bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Muloqot chog‘ida TIV rahbarlari BMT, IHT doirasidagi O‘zbekiston–Kot-d’Ivuar hamkorligi masalalarini muhokama qildi hamda ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Izoh (0)