18-oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Falastin Davlati delegatsiyasi rahbari, Tashqi ishlar vaziri Riyad al-Malki bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Falastin munosabatlarining, jumladan, IHT doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Falastin elchisi Muhammad Tarshahani ishtirok etdi.
Izoh (0)