Saudiya Arabistoni Aleppoda o‘rnashgan muxolif guruhlarga qurol-yarog‘ yetkazib berish hajmlarini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr bayonot berdi, deb ma’lum qiladi “RBK”.
“Biz Aleppodagi Suriya muxolifatiga qurol yetkazib berish hajmini oshirish masalasi ustida ishlamoqdamiz”, — uning so‘zlarini keltiradi Reuters.
Oxirgi oy mobaynida shahar muntazam ravishda Rossiya aviatsiyasi hamda Suriya hukumat kuchlari tomonidan bombardimon qilinmoqda. Bir muddat ilgari Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini rasmiy Moskva va Damashqni bombardimonlarni to‘xtatishga chaqirgan edi.
Izoh (0)