Iroqning Mosul shahrida IShID terrorchi guruhi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiyga qarshi isyon ko‘tarildi. Isyonni guruhga bo‘ysunuvchi “islom politsiyasi” tuzilmasi ko‘tardi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Isyonga mosullik Abu Umar degan shaxs rahbarlik qilmoqda. Unga qarashli otryadlar ekstremistlarning to‘rt makoniga hujum uyushtirdi. Abu Bakr al-Bag‘dodiy to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘ziga bo‘ysunadigan tuzilmalarga isyonni bostirish va “islom politsiyasi” rahbarlarini yo‘q qilish ko‘rsatmasini berdi.
Manbalarga ko‘ra, shaharda tartibsizlik avjiga chiqqan, to‘qnashuvlar davom etmoqda.
Al Sumaria telekanalining xabar berishicha, “islom politsiyasi” mashinalari shahar ichida kezib, radiokarnaylar orqali al-Bag‘dodiyning rafiqasi qo‘lga olingani, o‘zi esa Suriyaning Rakka shahriga qochganini e’lon qilib yuribdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)