Iroq poytaxtida yuz bergan yong‘indan so‘ng kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Yong‘in va undan keyingi portlash davlat muassasalari va bir qator diplomatik vakolatxonalar joylashgan, qo‘riqlanuvchi “yashil hudud”da yuz berganligi ta’kidlanmoqda.
Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot kelib tushmadi.
Mamlakat Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu hodisaning terrorchilik hujumiga daxli yo‘q.
Izoh (0)