2016-yilning 17-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga tashrif buyurgan Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Iyad Amin Madani bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat davomida O‘zbekistonning Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashidagi raisligi doirasida 18-oktabr kuni Toshkent shahrida ochiladigan TIVKning 43-sessiyasi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Muloqot chog‘ida vazirlar uchrashuvi kun tartibi va amaliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi hamda bo‘lajak forumni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan ikki tomon ham manfaatdorligi ta’kidlandi.
Izoh (0)