Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya vakillari Yamanda yuzlab odamlarning halokatiga sabab bo‘lgan aviazarba uchun javobgarlikni tan oldi. Bu haqda, Livanning Daily Star nashriga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
“Operatsiyalar o‘tkazish va tegishli jarayonlarni o‘tkazish qoidalariga rioya etilmagani tufayli, shuningdek, noto‘g‘ri ma’lumot berilgani bois samolyot adashib ushbu tumanga hujum qildi, bu esa oddiy fuqarolarning halok bo‘lishiga va yaralanishiga olib keldi”, — deyiladi voqeani taftish qilish uchun tuzilgan komissiya xulosasida.
Koalitsiya vakillari xato uchun javobgarlar jazolanishini, halok bo‘lganlarning oilalariga esa badal puli to‘lanishini bildirdi.
Yaman poytaxti Sanoda o‘tayotgan motam marosimiga berilgan aviazarba oqibatida, oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, 213 kishi halok bo‘ldi, 500 kishi yaralandi. BMT bo‘lib o‘tgan voqeaga keskin norozilik bildirib, voqea yuzasidan zudlik bilan taftish o‘tkazishni talab qildi.
Izoh (0)