• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Markaziy saylov komissiyasining faoliyati asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

    O‘zbekistonda 4-dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Yuridik fanlar doktori, professor Shuhrat Ro‘zinazarov mazkur siyosiy jarayonni o‘tkazishda yetakchi tuzilma bo‘lgan Markaziy saylov komissiyasining o‘rni, uning faoliyati asosiy tamoyillari haqida “Daryo”ga quyidagilarni so‘zlab berdi. 

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    — Markaziy saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etishning eng muhim tamoyillari — mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik Asosiy Qonunda qat’iy mustahkamlab qo‘yilgan. 2014-yil sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunga ham tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

    “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasiga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi va uning a’zolari o‘z faoliyatini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda amalga oshiradi. Markaziy saylov komissiyasining faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 512-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar faoliyatiga aralashish, xuddi shuningdek, ularning ishiga to‘siqlarni yuzaga keltirish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining 10 barobaridan 15 barobarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyilining roli beqiyos. Komissiya va uning a’zolari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, saylov, referendum to‘g‘risidagi qonunlarga hamda boshqa qonunlarga amal qiladi. Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyili nafaqat milliy saylov qonunchiligimizga, qolaversa, umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlariga amal qilish bilan uzviy bog‘liq. Shu bois Markaziy saylov komissiyasi faoliyatida qonuniylik tamoyilining ta’minlanishi demokratik saylovlarni xalqaro standartlar va milliy saylov qonun hujjatlari normalari asosida tashkil etish hamda o‘tkazish uchun sharoit yaratadi. 

    Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan yangilikka ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi, saylov komissiyalari, referendum o‘tkazuvchi komissiyalar qarorlarini ijro etmaslik, nomzod, ishonchli vakil, kuzatuvchi yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzish, saylovoldi tashviqotini, referendumga qo‘yilgan masalalar yuzasidan tashviqot olib borish shartlari va tartibini buzish, nomzodlar, siyosiy partiyalar to‘g‘risida yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, saylovga yoki referendumga tayyorgarlik ko‘rish va saylov yoki referendum o‘tkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yo‘q qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish uchun javobgarlik nazarda tutiladi. Shuningdek, Jinoyat kodeksining 146-moddasida saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, 147-moddasida esa saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishga bag‘ishlangan huquqiy normalar o‘z ifodasini topgan. Bu esa saylov qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.

    Kollegiallik tamoyili Markaziy saylov komissiyasi vakolatlariga kiruvchi masalalarni uning barcha a’zosi ishtirokida hal qilinishini anglatib, jamiyat manfaatlariga bo‘ysunishining kafolati hisoblanadi. Bu tamoyilga rioya qilish Komissiya majlislarini o‘tkazish tartibida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu, o‘z navbatida, masalalarni erkin muhokama etishda Komissiya barcha a’zosining teng ishtirokini ta’minlashni anglatadi. Markaziy saylov komissiyasi ishining tashkiliy ko‘rinishi uning majlislari sanaladi hamda ular zaruratga qarab o‘tkaziladi. Agar majlisda komissiya a’zolari umumiy miqdorining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan bo‘lsa, u vakolatli hisoblanadi. Markaziy saylov komissiyasi qarorlari ochiq ovoz berish orqali, komissiya a’zolari umumiy miqdorining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lib qolgan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi Raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 

    “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiga binoan, Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini oshkora amalga oshiradi. Komissiya majlislari ochiq o‘tkazilib, ularda siyosiy partiyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan va harakatlardan kuzatuvchilar hozir bo‘lishi mumkin. Markaziy saylov komissiyasining qarorlari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

    “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan, butun saylov kampaniyasi keng oshkoralik asosida o‘tkaziladi. Har bir saylovchi saylov davomida saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi, komissiyalar joylashgan manzil va ish vaqti, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlariga doir axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Tegishli saylov komissiyalarining saylov okruglari va uchastkalarini tuzish, saylov komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi, shuningdek, deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish, ovoz berish va saylov yakunlari haqidagi qarorlari matbuotda e’lon qilinadi.

    Markaziy saylov komissiyasi nomzodlar, siyosiy partiyalarni saylov kampaniyasini o‘tkazish uchun teng shart-sharoitlar bilan ta’minlash, saylovga, referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish uchun ajratilgan budjet mablag‘larining adolatli taqsimlanishini, ovoz berishning va saylov, referendum yakunlarini chiqarishning halol bo‘lishini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘radi.

    14.10.2016, 15:54   Izoh (0)   8055
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Endi UzMobile’da 4G-qurilmalarning batareyalari 4G LTE tezlikda ham energiya tejaydi

    14.10.2016, 11:05

    FIFA reytingida Rossiyadan o‘zib ketgan O‘zbekiston, Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayevaning “Minor” masjidiga tuhfasi, Tailand qirolining vafoti va kunnin...

    13.10.2016, 18:52

    O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 14-oktabrga o‘tar kechasi havo harorati -2 darajagacha soviydi

    13.10.2016, 18:36

    Markaziy saylov komissiyasi majlisida uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil qilish masalalari muhokama qilindi

    13.10.2016, 18:01

    Fuqarolarning saylovdagi ishtiroki masalalari bo‘yicha Ombudsmanning to‘g‘ridan-to‘g‘ri liniyasi ishga tushiriladi

    13.10.2016, 15:23

    Ombudsman Ehtiyojlarni baholash missiyasi ekspertlari bilan uchrashdi

    13.10.2016, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yurak faoliyatini stress va boshqa zo‘riqishlardan qanday himoyalash mumkin?

    Salomatlik | 21 iyul, 16:00

    Ob-havo tufayli oziq-ovqat narxlari oshmoqda — Financial Times

    Dunyo | 21 iyul, 15:55

    Surxondaryodagi bozorda erkak bir guruh shaxslar tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 15:45

    Mamlakat tarixidagi eng mudhish kecha: 2016-yilning 15-iyulida Turkiyada nimalar bo‘lgan edi?

    Dunyo | 21 iyul, 15:37

    Navoiyda havoni ifloslantirayotgan tutun qayerdan chiqayotgani aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 21 iyul, 15:22

    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

    Reklama | 21 iyul, 13:39

    Janubiy Koreya 2045-yilgacha Oyda baza quradi

    Dunyo | 21 iyul, 15:20

    Maosh 4 ming dollargacha: o‘zbekistonliklar dunyo bo‘ylab kruiz laynerlarida ishlashi mumkin

    O‘zbekiston | 21 iyul, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.