Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) dunyo aholisini futbolga jalb qilishni 45 foizdan 60 foizgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi ma’lumot FIFA Kengashining 13–14-oktabr kunlari Syurixda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishida taqdim etilgan tashkilotning “yo‘l xaritasi”da keltirilgan, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda ta’kidlanishicha, gap futbol jarayoniga aloqador barcha ishtirokchilar – futbolchi va muxlislardan tortib, murabbiy va hakamlar haqida bormoqda.
“Yo‘l xaritasida”, shuningdek, futbol bilan shug‘ullanayotgan ayollar soni 2026-yilga borib ikki barobar – 60 million kishigacha yetishi qayd etilgan.
Avvalroq FIFA “yo‘l xaritasi” loyihasiga yaqin 10 yil davomida futbolni rivojlantirish uchun 4 milliard dollar ajratishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)