O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Tashkent Challenger—2016 musobaqasining yarim finalga yo‘llanma oldi, deb yozdi “Olamsport”.
13-oktabr kuni u chorak final bellashuvini boshlab, xorvatiyalik Ivan Dodini 1-setda 3:1 hisobida taslim etib turgandi. Biroq yomg‘ir sabab geym 14-oktabrga qoldirildi.
Juma kuni davom ettirilgan o‘yinda Istomin raqibini 6:4, 7:6 hisobida mag‘lub etdi. Tay-brekni u 15:13 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Yarim finalda Denis Tashkent Challenger—2016 ning amaldagi finalchisi — slovakiyalik Lukash Latskoga qarshi kortga tushadi. Qayd etish kerak, Istomin Tashkent Challenger—2015 da bosh sovringa ega chiqqan edi.
Izoh (0)