Sankt-Peterburgning “Zenit” futbol klubi yarim himoyachisi Maurisio xayriya aksiyasi doirasida 1 kun taksichi bo‘lib ishladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi “Davay-davay” xayriya loyihasining bir qismida ishtirok etdi. Xayriya aksiyasi 16 yoshli Angelina Garaninani protezlashga yetmayotgan 3 million 200 ming rubl yig‘ishga qaratilgan.
Braziliyalik futbolchiga videomurojaat yo‘llashda ishtirok etib, g‘olib bo‘lganlar Maurisioning yo‘lovchilari bo‘ldi. Aksiyada “Zenit-2” ustozi Vladislar Radimov ham qatnashdi.
“Davay-davay” xayriya loyihasi 2015-yilning yanvar oyida start olgan. Avvalroq “Zenit” futbolchilaridan Xalk (ayni damda “Shanxay SIPG” a’zosi) Nevskiy katta ko‘chasida qo‘shiq kuylab, raqsga tushgan bo‘lsa, Domeniko Krishito sirkda chiqish qildi. Shuningdek, Migel Danni sartarosh, Yuriy Lodigin Ermitajda ekskursiyachi, Artyom Dzyuba esa tramvay konduktori bo‘lib ishlagan. Aksiya davomida jami 10 million rubl jamg‘arishga muvaffaq bo‘lindi.
Izoh (0)