13-oktabr kungi sotuvlar chog‘ida turk lirasining dollarga nisbatan kursi tarixiy minimum darajaga tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Lira dollarga nisbatan 0,6 foizga arzonlashdi, 1 dollar 3,1057 lirani tashkil qildi. Bu valyuta savdolari tarixidagi eng past natija bo‘ldi.
Turkiya valyutasining ilgarigi aksilrekordi (3,0973 lira/1 dollar) 15-iyul kungi harbiy to‘ntarishdan so‘ng qayd qilingan edi.
Izoh (0)