Davom etayotgan Tashkent Challenger–2016 turnirining juftlik bellashuvlari yarim finaliga ikki nafar o‘zbekistonlik tennischilar yetib kelgani haqida “Olamsport” xabar berdi.
O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin rossiyalik Mixail Yelgin bilan juftlik hosil qilgan bo‘lib, ular chorak finalda Ilya Ivashka hamda Yegor Gerasimov jamoasini turnirdan chiqarib yubordi.
Sanjar Fayziyev va Jo‘rabek Karimov hamkorlikda Mirza Basich va Blaj Kavchichga qarshi kortga tushishi kerak edi. Raqiblar bundan bosh tortgani uchun, o‘zbekistonlik raketka ustalari yarim final chiptasini qo‘lga kiritdi.
Yakkalik bellashuvlarida Denis Istomin hamda Sanjar Fayziyev chorak finalga qadar yetib kelgani avvalroq xabar qilingandi.
Izoh (0)