Meksika shimolidagi Chiuaua shtatida joylashgan Madera hududida 12-oktabr, chorshanba kuni bir-biriga qarshi bo‘lgan ikki jinoiy to‘da o‘rtasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda La Jornada gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Otishma oqibatida o‘n kishi halok bo‘lgan, yaralanganlar soni hozircha noma’lum.
Jabrlanganlar orasida mojaro joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlarining ham borligi ma’lum qilindi.
Nashrning xabar berishicha, oxirgi sutkada mazkur shtatning turli tumanlarida jinoiy guruhlar faoliyati bilan bog‘liq yana 15 ta qotillik yuz bergan. Hududda zo‘ravonlikning kuchayishi giyohvandlik vositalari savdosi va ularni AQShga noqonuniy yetkazish bilan shug‘ullanuvchi turli jinoiy to‘dalarning ta’sir o‘tkazish doirasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)