Bahrayn mamlakati futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati mezboni hisoblanadi. Musobaqa 13-oktabr — payshanba kuni start olib, 30-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan final o‘yini bilan yakuniga yetadi.
Qit’a birinchiligida Jasur Abduraimov murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ishtirok etadi. Avvalroq Temur Olimxo‘jayev ustozlik qilgan O‘zbekiston o‘smirlar termasi Hindistondagi Osiyo Chempionatiga tashrif buyurib, chorak finaldan ortga qaytib kelgandi.
O‘zbekiston yoshlar termasi turnirning “D” guruhida Tojikiston, Avstraliya va Xitoyga qarshi kurash olib boradi. Birinchi o‘yin 15-oktabr kuni Tojikistonga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“A” guruhida mezbon Bahrayndan tashqari Tailand, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni bor. KXDR, BAA, Iroq va Vyetnam “B” guruhidan joy olgan bo‘lsa, “C” zonasini muvaffaqiyatli yakunlash uchun Qatar, Yaponiya, Yaman va Eron kurash olib boradi.
Izoh (0)