Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan Tashkent Challenger–2016 an’anaviy xalqaro turnirida o‘zbekistonlik Denis Istomin chorak finalga chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Yakkaliklar o‘rtasidagi bahslarda qatnashayotgan tajribali tennischi chorak final yo‘llanmasi uchun ukrainalik Denis Molchanovga qarshi kortga chiqdi. Dastlabki setda Istomin raqibiga 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Lekin u keyingi setlarni 6:3, 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Istomin chorak finalda xorvatiyalik Ivan Dodig bilan kuch sinashadi.
Izoh (0)