Rio—2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov 2017-yilgi mavsumda turnirlarda ishtirok etmaydi, deb yozdi “Olamsport”.
Bu haqda sportchining murabbiyi ma’lum qilgan: “Ruslan uchun 2016-yil ancha murakkab keldi. Kichik jarohati bor bo‘lsa-da, Rio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rdi va O‘zbekiston og‘ir atletikasidagi eng yuqori natijani qayd etdi”, — deb aytib o‘tgan Bahrom Abdumalikov.
“U dam olishi kerak. 2017-yil turnirlarda ishtirok etmaydi. Ruslanning asosiy maqsadi 2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo O‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish. Unda aynan shu musobaqaning oltin medali yo‘q”, — deb fikrini yakunladi murabbiy.
Izoh (0)