“Normand to‘rtligi” sammiti bo‘lib o‘tadigan sanani hozircha oshkor qilib bo‘lmaydi, negaki uchrashuvga tayyorgarlik darajasi bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar qilmoqda “RBK”.
Peskovning ta’kidlashicha, Kreml bu kabi rejalar haqida har doim ehtiyotkorlik bilan gapiradi.
“Hozirlik ko‘rilmoqda, tayyor bo‘lganimizdan keyin yakuniy bayonotni beramiz. Tayyorgarlikning bu darajasiga hali yetib kelmadik”, — dedi Kreml vakili.
Izoh (0)