Nexia avtomashinasining o‘g‘irlanishi yuzasidan Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga ariza kelib tushgani haqida Ichki Ishlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Telov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Angren armatura izolyatorlash zavodi” yonida avtomashinasini qarovsiz qoldirganidan keyin, uning Nexia’si o‘g‘irlab ketilgan.
Tezkor chora-tadbirlar samarasi o‘laroq o‘g‘irlangan mashina Angren shahrida to‘xtatilgan. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs 47 yoshda bo‘lib, uning Qo‘qon shahrida yashashi ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakati davom etmoqda, deb yozilgan IIV matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda transport vositasini olib qochganlik uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.
Izoh (0)